Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Turkiyada Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkil etishga tayyormiz
09:40 / 2022-08-07

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an 5 avgust kuni Sochida maslakdoshi Putin bilan muzokara chog‘ida Turkiya Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashuvi uchun platforma sifatida taklif qilinganini aytdi.

“TRT” telekanali Erdog‘anning shu haqdagi bayonotidan quyidagi iqtibosni keltirdi: 
 - Endi g‘alla eksporti rejasini to‘liq amalga oshirish va Istanbul muzokarasiga qaytish uchun aniq qadamlar bilan qo‘llab-quvvatlash mumkin. 

Men nizoning boshidanoq Ukraina inqirozida g‘olib bo‘lishi mumkin emas, deganman. Muammo faqat muzokara natijasida hal etilishiga chuqur aminman. Putinga Prezident Zelenskiy bilan ko‘rishish uchun Turkiya vositachilik qilishga tayyor ekanini yana bir bor eslatdim.

Erdog‘an va uning siyosatchilari Rossiya - Ukraina o‘rtasidagi har qanday uchrashuv uchun hudud ajratishga tayyorliklarini ko‘p ta’kidlashgan.