Erdog‘an: Turkiya Yevropaning energetika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish boshladi
Turkiya Yevropa energetika xavfsizligini ta’minlash uchun Ozarbayjon bilan Transatlantika gaz tarmog‘i (TANAR) quvvatini oshirish bo‘yicha ish boshladi, deb bayonot berdi mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.
Avvalroq Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fatix Donmyoz TANAR quvvatini ikki barobarga, ya’ni 16 dan 32 milliard kubometrga oshirish qarori qabul qilinganini ma’lum qilgan edi.
"Biz energetika sohasida muhim qadamlar tashlash jarayonidamiz. Omborlarimizni 100 foizga to‘ldirib, tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdamiz. Yevropaning energetika xavfsizligini ta’minlash uchun Ozarbayjon bilan birga TANAR quvvatini 32 milliard kubometrga oshirish bo‘yicha ish boshladik", – dedi Turkiya rahbari TGRT Haber telekanali orqali.