Erdogan: Turkiya Ukraina inqirozini hal qilish uchun say’-harakatlarini davom ettiradi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Ukrainadan g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha “oziq-ovqat kelishuvi”ning amalga oshirilishini “diplomatik muvaffaqiyat va tarixiy burilish nuqtasi”, deb ta’rifladi. Bu haqda u jurnalistlar bilan suhbatda gapirib o‘tdi.
“Turkiya Ukraina inqirozini hal qilish uchun say’-harakatlarini davom ettirishga tayyor”.
“Rossiya va Ukraina tinchlik sari qadam tashlasa, bu bizning ishtirokimiz bilan amalga oshishiga hech kim shubha qilmasligi kerak”, dedi Erdog‘an.
Shuningdek, Turkiya yetakchisi “Biz don eksporti jarayonini uzluksiz davom ettirishga harakat qilmoqdamiz. Boshqa sohalarda, jumladan energetika sohasida ham shunday diplomatik amallar bajarishimiz mumkin”.
(O‘zA)