Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Turkiya siyosat va iqtisodda jahon yetakchilaridan biriga aylanadi
10:37 / 2023-01-01

Turkiyaning 2023 yildagi maqsadi siyosat va iqtisodda jahon yetakchi davlatlaridan biriga aylanishdir. Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an turk xalqiga Yangi yil murojaatida aytib o‘tdi.

“Endi bizning maqsadimiz nafaqat global siyosat va iqtisodning katta “guruhi”ga kirish, balki u yerda birinchilar qatorlaridan o‘rin egallashga imkon beradigan siyosiy va iqtisodiy kuchga ega bo‘lishdir”.

“Anadolu” agentligi davlat rahbariga tayanib, “2023 yil Turkiya uchun alohida yil bo‘lishini, chunki u respublika e’lon qilinganining 100 yilligini nishonlanishini ta’kidlaganiga”  e’tibor qaratdi.  

“Turkiya nafaqat Yangi yilni nishonlamoqda, balki respublika tashkil etilganining ortda qoladigan va davlat uchun “yangi asr” boshlanadigan davrda kutmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Erdog‘an.  

 Turkiya Respublikasi 1923 yil 29 oktyabrda e’lon qilingan.

O‘zA