Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an Turkiya raketasining parvoz masofasi uzaytirilganini ma’lum qildi
15:00 / 2022-11-03

Turkiya ishlab chiqargan ballistik raketaning parvoz masofasi 560 kilometrdan oshadi, dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.

Avvalroq Turkiya qora dengizda mamlakatda ishlab chiqarilgan yaqin masofaga uchadigan ballistik raketa sinovini amalga oshirgan edi. Blumberg agentligining yozishicha, raketa 561 kilometr masofaga uchib borgan va Sinop porti yaqiniga qulagan.

"Yaqinda Tayfun raketalari sinovdan o‘tkazildi. Uning parvoz masofasi 561 kilometrni tashkil etdi va bu oxirgisi emas, hali masofa yana uzayadi. Tez orada Cenk va Traveler raketalari haqida ham yaxshi xabarlarni eshitasiz", – deya keltiradi Prezident so‘zlarini Anadolu agentligi. Erdog‘anning bayonot berishicha, 2023 yilda Turkiya ishlab chiqargan ilk jangovar samolyot havoga ko‘tariladi..