Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Turkiya janubi-sharqida yuqori sifatli neft topildi
10:55 / 2023-05-03

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakat janubi-sharqidagi Shirnak viloyatining Judi va Gabar tumanlarida yangi neft zaxiralari topilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yangi konning ishlab chiqarish quvvati kuniga 100 ming barrelga baholanmoqda.

Davlat rahbari yangi topilgan neft “yuqori sifatli” ekanini qayd etdi.  

Erdog‘an “Turkiya endi energetika eksporti qiluvchi davlatga aylanadi, bu sohada boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qolmaydi”, deb ta’kidladi.  

Neft 2600 metr chuqurlikda topilgan.

Erdog‘an, shuningdek, Gabardagi neft koniga 2017 yilda terrorchilar qo‘lida halok bo‘lgan yosh musiqa o‘qituvchisi   Aybuke Yalchin nomi berilishini ma’lum qildi.

O‘zA