Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an saylovoldi kampaniyasini davom ettirmoqda
10:35 / 2023-05-01

Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘an 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.

,,TRT TÜRK” telekanali efirida amaldagi davlat  rahbari ,,G‘alaba sari ketyapmiz, maydonlardan olingan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda. Ijtimoiy so‘rovlar ham buni tasdiqlamoqda”, dedi.

Prezidentlik saylovlarida Erdog‘an va muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lining asosiy raqib bo‘lishi kutilmoqda.  

Ayni paytda mahalliy siyosatshunoslar Turkiyadagi saylovlarning ikki bosqichda o‘tishini taxmin qilishmoqda.  

Shuningdek, Erdog‘an mahalliy telekanallar orqali chiqishida o‘zini yaxshi his etayotgani va o‘tgan hafta biroz rohatsizlikdan keyin saylovoldi kampaniyasini davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.  

“Qisqa muddatga mitinglar o‘tkazishni to‘xtatdik, mana endi ularni to‘la quvvat bilan davom ettiramiz”, dedi prezident.

26 aprelga o‘tar kechasi Erdog‘an “Kanal 7” telekanaliga intervyu berayotgan chog‘ida o‘zini yomon his qiladi. 20 daqiqadan keyin efirga qaytib, jurnalistlar bilan suhbatni davom ettiradi.

Vrachlarning tavsiyasiga binoan ertasiga “Akkuy” atom elektrostansiyasi ochilishi marosimida videoaloqa tarzida ishtirok etadi.  

Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida Erdog‘anning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligini yozishadi. Hokimiyat tomonidan rasmiy ravishda bu xabarlar rad etiladi.  

 

O‘zA