Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Rossiya va Ukraina 200 nafar asirni almashish bo‘yicha kelishuvga erishdi
09:44 / 2022-09-20

Bu kelishuv haqida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ishtirok etish uchun yetib kelgan Nyu-Yorkdagi Amerikaning “PBS” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiya va Ukraina Prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyni uchrashtirishni xohlaydi.  
“Bu niyatimizga hali erishmadik, lekin umidimizni yo‘qotmaymiz”. 

Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiya tomoni bilan ham, Ukraina tomoni bilan ham muzokaralar olib bormoqda, natijaga erishishga intilmoqda. 

Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlariga izoh berar ekan, Erdog‘an “YeI 52 yildan beri Turkiyani o‘ziga yaqinlashtirishni istamayapti”, dedi.