Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Qora dengizda yangi gaz topildi
09:23 / 2022-12-27

Qora dengizda yangi gaz koni topildi, uning zaxirasi deyarli 60 milliard kub metrga baholanmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ma’lum qildi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.

“Fotih” burg‘ulash kemamiz suv ostida 3230 metr chuqurlikda 58 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasini aniqladi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “umuman olganda, mamlakatimiz hududiy suvlaridagi gaz konlari zaxiralari 710 milliard kub metrga yetdi. Ularning qiymati taxminan bir trillion dollarga baholanmoqda”.

Turkiya hukumati 2023 yilda quruqlikda yuzta quduq qazish va dengizda bir qator bu xususdagi ishlarni bajarishni rejalashtirgan.  

Iyun oyida Erdog‘an Qora dengiz tubi bo‘ylab gaz quvurini yotqazish boshlanganini ma’lum qilgandi.  

 O‘zA