Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an Putinni Ukraina masalasida yana bir imkoniyat berishga undadi
09:28 / 2022-09-30

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning kecha oqshom rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Ukraina inqirozini hal qilish istiqboli ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi “Anadolu” agentligi.

“Prezident Erdog‘an Rossiya yetakchisi Putinni muzokara uchun yana bir imkoniyat berishga chaqirdi va bu jarayonda vositachilik rolini bajarishga tayyorligini aytdi”, deyiladi axborotda.

Shuningdek, bayonotda “ko‘proq ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash uchun keskinlikni pasaytirish choralarini ko‘rish zarurligi” qayd etilgan.

“Shu munosabat bilan Turkiya rahbari mazkur jarayonda, xususan, Rossiyaga Ukrainaning bir qator viloyatlari qo‘shilishi masalasida ham choralar ko‘rishini aytdi”, deyiladi xabarda.