Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an Putin bilan gaplashmoqchi
14:22 / 2022-08-22

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning shu haftada Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muloqotda Ukrainadagi inqiroz muhokama qilinishi kutilmoqda. “RIA Novosti” agentligiga diplomatik manba shu haqda ma’lum qilgan.

Avvalroq Erdog‘an Lvovda Prezident Vladimir Zelenskiy va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan o‘tkazilgan muzokara muhokama qilinishini aytgandi. Shuningdek, Turkiya yetakchisi Putinga Ukrainadagi inqirozni tezroq tugallash istagini yetkazmoqchiligi to‘g‘risida ham xabar bergandi. 

“Anqara bu mojaroda halol vositachi rolini o‘ynashda davom etmoqda. Turkiya har ikki tomonning ishonchini qozongan yagona davlat bo‘lib turibdi”, dedi manba.

Bundan tashqari ikki yetakchi Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni ko‘rib chiqishi ham taxmin qilinmoqda.