Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: NATO sammiti Turkiyaning YeIga kirishida muhim ahamiyatga ega
09:42 / 2023-07-13

NATOning Vilnyus sammiti Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi va respublikaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishida muhim rol o‘ynadi. Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bayonot berdi.

“Biz muvaffaqiyatli yakunlangan sammit terrorizmga qarshi kurashda yangi yondashuvlar, muhim qarorlar qabul qilinishida, YeIga a’zo bo‘lishimiz va mamlakatimizga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishida muhim rol o‘ynadi”, deb yozdi davlat rahbari ijtimoiy tarmoqda.

U o‘z bayonotida mamlakatining manfaati, huquqi va qonunlarini barcha platformalarda himoya qilishda davom etajagini qayd etgan.

Prezident ma’lum qilishicha, Shvetsiya hukumati terror tashkilotlariga qarshi kurash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni taqdim etadi, shundan keyin uning NATOga a’zolik yo‘lidagi hujjatlari ratifikatsiya qilish uchun parlamentga yuboriladi.

Shvetsiya o‘z navbatida Turkiyaga Yevropaga integratsiya, Anqaraning Bojxona ittifoqi bilan kelishuvini yangilash va YeI bilan vizasiz rejimga o‘tish masalalarida yordam beradi, deya qo‘shimcha qildi Erdog‘an.

O‘zA