Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Isroil kelishuvga rioya qilishi shart (+video)
17:23 / 2025-10-13

Islom olami davlatlari va butun jahon hamjamiyati Isroil tomonidan G‘azo sektoridagi otashkesim kelishuviga qat’iy rioya etilishini ta’minlashi kerak. Bu fikrni Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Qora dengiz sohilida joylashgan Trabzon shahrida qilgan chiqishida bildirdi.

– Hozir islom olami va butun insoniyatni juda jiddiy sinovlar kutmoqda, – dedi Turkiya rahbari. – Eng avvalo, Isroil o‘z majburiyatini bajarishi zarur. Hududda tarixiy o‘zgarishlar yuz bermoqda va bir asr avval bo‘lgani kabi, jahon tartibida yangi-yangi qoidalar shakllanmoqda. Bu jarayon markazida aynan bizning mintaqamiz turibdi.  

G‘azoga yordam ko‘rsatish harakati faollashgan. Jumladan, Turkiya yuborayotgan insonparvarlik ko‘magi mashinalari ham eksklavga yetib kela boshladi. Qish boshlanmasidan sektor aholisini muvaqqat chodirlardan ko‘chirish lozim.  

Shuningdek, siyosatchi Anqara Rossiya va Ukraina mojarosini tezroq to‘xtatishga intilishi, muammoni hal etish uchun zarur barcha harakatni amalga oshirishini ham qo‘shimcha qilib, dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar tufayli Qora dengizda xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy ahamiyat qaratilayotganini aytgan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Nwl5VWOcYnk" title="Erdog‘an: Isroil kelishuvga rioya qilishi shart" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA