Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an “Islom davlati” tashkiloti rahbari yo‘q qilinganini ma’lum qildi
16:56 / 2023-05-01

Turkiya milliy razvedkasi shanba kuni Suriyada “Islom davlati” terrorchi tashkilot yetakchisi Abu al-Husayn al-Qurayshiyni yo‘q qilgan. Yakshanba kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an TRT Turk telekanalida shu haqda ma’lum qilgani aytilmoqda.

“Turkiya milliy razvedkasi “Islom davlati” terrorchilik guruhi yetakchisi Abu al-Husayn al-Qurayshiyni uzoq vaqt kuzatgan. Ushbu shaxs Suriyada shanba kuni Turkiya razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan amaliyot natijasida yo‘q qilindi”, – dedi Erdog‘an.  

U shuningdek, “Turkiya terrorchilik tashkilotlarini farqlab o‘tirmaydi, ularga qarshi kurashni davom ettiradi”, – degan.  

O‘tgan yili 30 noyabrda Pentagon Suriyada “Islom davlati” terrorchilik guruhi yo‘lboshchisi Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayshiy yo‘q qilingani haqida ma’lum qilgan edi. Iroq maxsus xizmati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayshiy 2019 yilda Suriyada o‘ldirilgan jangarilarning sobiq rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning ukasi bo‘ladi.