Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: insoniyat Netanyaxuni la’natlaydi!
16:11 / 2024-01-31

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ta’kidlashicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun insoniyat tomonidan la’natlanadi. Turkiya uning jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun barcha chorani ko‘radi, dedi u.

– Hozir Netanyaxu, hatto, o‘z mamlakatida ham qarg‘ishga uchragan, qolaversa, butun insoniyat tomonidan la’natlanadi, – dedi Erdog‘an yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. – U qochishga harakat qiladi, biz esa oxirigacha ta’qib qilamiz va alal-oqibat g‘alaba haqiqatga ishonganlar tomonida bo‘ladi. Biz oxirigacha Falastin xalqi tomonidamiz.

“RIA Novosti” yozishicha, mazkur tadbir “NTV” telekanalida namoyish qilib borilgan.

Turkiya yetakchisi Janubiy Afrika Respublikasi BMT Xalqaro sudiga Falastin anklavida genotsid uyushtirilgani bo‘yicha kiritgan da’vosidan keyin chiqarilgan oraliq qarorni shunday izohladi.

Sud Isroilga G‘azo sektorida genotsidga yo‘l qo‘ymaslik va aholiga gumanitar yordam kirib kelishini ta’minlash uchun barcha chorani ko‘rish majburiyatini yukladi. Bundan tashqari, qarorda Falastin xalqiga nisbatan amalga oshirilgan harakat bo‘yicha dalillar saqlanishini kafolatlash zarurligi ham ta’kidlangan.