English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Falokat hududida bir yilda 270 ming uy quriladi
14:45 / 2023-02-22

“Anadolu” xabariga ko‘ra, Turkiyaning zilzila natijasida jabr ko‘rgan viloyatlarini tiklash jarayoni mart oyida boshlanadi. Bu haqda Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an seshanba kuni Gaziantep viloyati Nurdagi shahriga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Yetakchining aytishicha, yil davomida mamlakatning o‘n bir viloyati shaharlarida 200 mingtagacha, tabiiy ofat hududidagi qishloqlarda esa 70 ming uy qurish rejalashtirilgan.

Erdog‘an qayd etishicha, tez orada monitoring asosida quriladigan turar-joy binolarining soni aniqlanadi. Davlat rahbari so‘nggi haftalarda Gaziantep viloyatidan 87 ming kishi mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chirilganini ham qo‘shimcha qildi.

Turkiya Prezidenti Gaziantepni tiklash jarayonida viloyatning tarixiy xususiyati, etnik xaritasi inobatga olinishiga urg‘u berdi. Shuningdek, faqat xalq va davlat birligi orqali ofat oqibatini bartaraf etish mumkinligiga ishonch bildirdi.

O‘zA