Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erdog‘an: Anqara va Istanbul boshqaruvini qaytarib olamiz!
12:22 / 2023-08-25

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 2024 yilga belgilangan mahalliy saylovlarda Anqara, Istanbul va boshqa yirik shaharlardagi hokimlik o‘rinlarini hukmron partiyaga qaytarib olish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” yozgan.

– Yetti oydan so‘ng mahalliy saylovlarda, ayniqsa Anqara va Istanbulda g‘alaba qozonamiz, – dedi Erdog‘an hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 22 yilligi tantanalarida chiqish qilarkan. – Buning uchun jiddiy ish olib boramiz, lozim bo‘lsa, uyma-uy yuramiz. Xalq bu ikki shahar qanday ahvolga tushib qolganini ko‘rib turibdi.

2019 yildan buyon Anqara va Istanbul shaharlarini muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi a’zolari Mansur Yavash va Erkam Imomo‘g‘li boshqarib kelyapti. Mamlakat rahbari hokimlari muxolifat partiyadan bo‘lgan Izmir, Mersin va Adana shaharlari faoliyatidagi kamchiliklarga ham e’tibor qaratdi.

To‘rt yil avvalgi saylovda hukmron partiya nomzodlarining Anqara va Istanbuldagi mag‘lubiyati Erdog‘anga jiddiy zarba bergan edi. Turkiyada navbatdagi mahalliy saylovlar kelasi yil 31 martda bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zA