Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:40 / 2023-04-03

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS -Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, fuqarolar L.F. va M.Z. maxsus vositani testga olib kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.  

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladi.  

O‘zA