EPS-Topik test imtihonida boshqa fuqarolar o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar P.A. va K.M. o‘rniga boshqa fuqarolar kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
O‘zA