“EPS” markazi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekiston Respublikasidagi “EPS” markazi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i X.Umarov, Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekiston Respublikasidagi “EPS” markazi rahbari Kvon Taekyom va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Ye-9 viza turi bo‘yicha 4 yil 10 oy ishlab, 2021 yilda qaytadan shartnoma olib kelgan O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘natish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ularni pandemiya davrida COVID-19 (PSR) tekshiruvidan o‘tib, O‘zbekistonda 14 kun, shuningdek, mazkur davlatga borgandan keyin ham 14 kunlik karantin hududida saqlanishi alohida ta’kidlandi.