Epilepsiya: xuruj tutganida ko‘riladigan choralar... (+video)
Epilepsiya – bu asab tizimining surunkali kasalligi bo‘lib, miya faoliyatidagi to‘satdan yuzaga keladigan elektr impulslarining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Bu holat odamda hush yo‘qotish, qaltirash yoki boshqa turdagi tutqanoqliklarga olib kelishi mumkin.
Biroq, boshqa ko‘plab kasalliklar singari, epilepsiya ham o‘z vaqtida tashxis qo‘yilsa va doimiy nazoratda bo‘lsa, bemor to‘laqonli hayot kechira oladi.
Afsuski, jamiyatdagi noto‘g‘ri stereotiplar sabab ayrim bemorlar izolyatsiya holatida yashashga majbur bo‘lishadi.
Shifokorlar epilepsiyani davolashda dori vositalari, zarur hollarda esa neyroxirurgik usullardan foydalanishadi.
Muhimi, davo uzluksiz bo‘lishi va bemor hayot tarzi nazorat ostida olib borilishi kerak.
Milliy tibbiyot markazi shifokori, neyroxirurg — Xurshid Shavkatbekov kasallikning kelib chiqishi sabablari, tashxis va davolash choralari haqida batafsil ma’lumot berdi.
“Salomat bo‘ling” dasturida batafsil:
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/voPBbvTSclA" title="Epilepsiya: xuruj tutganida ko`riladigan choralar..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Emirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev (video), O‘zA