Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«ENTER Engineering": Norozilikda ishtirok etgan ishchilarning eʼtirozlari hal etiladi
22:47 / 2020-10-22

Energetika vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qashqadaryo viloyati hokimi, “Oʻzbekneftgaz” AJ vakillari joriy yilning 21-oktyabr kuni ertalab Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi GTL kompaniyasining qurilish maydonchalaridan birida yuz bergan norozilikda ishtirok etgan ishchilar bilan uchrashdi.


Energetika vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Qashqadaryo viloyati hokimi, “Oʻzbekneftgaz” AJ vakillari joriy yilning 21-oktyabr kuni ertalab Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi GTL kompaniyasining qurilish maydonchalaridan birida yuz bergan norozilikda ishtirok etgan ishchilar bilan uchrashdi.

Norozilik bildirgan va mojaroda ishtirok etgan ishchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Ishchilarning qator chiqishlarida bildirilishicha, ularni tashvishga solayotgan asosiy muammo qatʼiy karantin chora-tadbirlarining bekor qilinishi, yaʼni vaxta usulida ishlash tartibi – obyektda 22 kun ishlash va 8 kun dam olishga oʻtkazilishidir. Pandemiya paytida 40-45 kun davomida obyektdan chiqmay ishlash tartibi oʻrnatilib, bu oʻz navbatida ularning yaqinlari bilan koʻp vaqt koʻrishmasligiga olib kelgan. Ishchilar tomonidan shuningdek hal etilishi kerak boʻlgan muammolardan yana biri – oshxonadagi uzun navbat, sifatli ovqatlanish masalalari ham koʻtarildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi tomonidan barcha sanitariya va epidemiologiya choralariga rioya qilgan hamda PSR tahlilini oʻz vaqtida topshirgan holda qatʼiy karantin choralarining bekor qilinishi maʼqullandi.

Rahbariyat vakillari tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va qator OAVlardagi muhokamalarda urgʻu berilgan xodimlarning oylik maoshi masalasi koʻtarildi. Ishchilar mehnat shartnomasining bu bandi buzilganligi tasdiqlanmadilar. Oylik maoshi oʻz vaqtida toʻlab berilgan.

Delegatsiya tomonidan lavozimga tayinlash va ishga qabul qilishda shaffoflikka amal qilish, rahbariyat, subpudratchi va brigadirlar ishtirokida vaqti-vaqti bilan muhim masalalarni muhokama qilish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, 30-40 kishidan iborat har bir brigadadan brigadirlar bilan bir qatorda kompaniya rahbariyati bilan boʻladigan uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin boʻlgan bir nechta jamoatchilik vakillarini tanlab olish lozimligi taʼkidlandi.

Ishchilarda yigʻilib qolgan noroziliklarni oʻrganish va ularni hal etish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ularning tarkibiga Qashqadaryo viloyati hokimiyati, “ENTER Engineering” kompaniyasi kasaba uyushmasi, Energetika vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ vakillari kiradi. Doimiy ravishda nizoli masalalarni oʻrganish uchun 3-4 ta shunday ishchi guruhi tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Muloqot chogʻida ishchilar bunday keng muhokamaga sabab boʻlgan, obyektdagi vaziyat va umuman ularning oʻzlarini ham salbiy tomondan namoyon qilgan noxush holat uchun uzr soʻraldi.

“ENTER Engineering” kompaniyasi rahbariyati aʼzolari, viloyat hokimiyati, qator idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etgan bunday uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirildi. – Bu uchrashuv tufayli biz ilk bor ilgari hech koʻrmagan loyiha va kompaniya kasaba uyushmasi rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashdik, deya qayd etdi obyekt ishchilari.

Ishki guruh tomonidan koʻtarilgan barcha masalalar toʻliq oʻrganilib, maksimal darajada oʻz yechimini topishiga, ishchi guruhlar vakillari ishchilarning keyingi faoliyati va yashash tarzidan xabardor boʻlib turishlari taʼkidlandi. Sidqidildan mehnat qilish va yaxshi yoʻlga qoʻyilgan sharoitlar, yashash tarzidan hammamiz manfaatdormiz, deya qayd etdi uchrashuv ishtirokchilari.

Oʻzbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati