Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida mamlakatimizda xotin-qizlar faoliyatini takomillashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar xususida so‘z bordi. Xotin-qizlar bandligi va ularning ta’lim olishi uchun joriy etilgan so‘nggi yangiliklar borasida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.

Tadbirda qayd etilganidek, Mirzo Ulug‘bek tumani Turon mahallasi xotin-qizlar faoli Zebiniso Mahmudova, Chilonzor tumani Xirmontepa mahallasi xotin-qizlar faoli Nargiza Bobojonova hamda Uchtepa tumani Tinchlikobod mahallasi xotin-qizlar faoli Noila Madaminovalar ko‘rik-tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

G‘oliblar faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA