Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi tadbirkor va hunarmand aniqlandi
11:46 / 2016-03-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani bosqichi yakunlandi.

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlov kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandlik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir. “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirib, xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda, tadbirkorlarga bilim va mahoratini oshirishda yangi imkoniyatlar bermoqda.

Tanlovning Yakkasaroy tumani bosqichi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada mebel, qurilish ashyolari, poliuretan, rezina va sopol buyumlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi ehtiyot qismlari, to‘qimachilik va matbaachilik mahsulotlari, tabiiy oziq-ovqat qo‘shimchalari namoyish etildi.

“Yilning eng yaxshi tadbirkori” va “Yilning eng yaxshi hunarmandi” kabi asosiy, shuningdek, «Eng yaxshi oilaviy biznes», “Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” va “Eng yaxshi innovatsion loyiha” maxsus nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

“Inter Rlast Tashkent” xususiy ishlab chiqarish korxonasi direktori Hikmatullo Abdullayev yilning eng yaxshi tadbirkori, haykaltarosh usta Kamoliddin Abdullayev eng yaxshi hunarmand deb topildi.

– Korxonamiz 2007-yilda tashkil etilgan. Ishni dastlab meva va sabzavotlarni konservalashdan boshlaganmiz, – deydi “Inter Rlast Tashkent” xususiy ishlab chiqarish korxonasi direktori H.Abdullayev. – Mahsulotlar turini kengaytirish maqsadida konservalangan osh ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Hozir ularni xorijga eksport qilmoqdamiz. Korxonamizda 20 nafardan ko‘proq mutaxassis mehnat qilmoqda. Ulardan o‘n nafari kollej bitiruvchilaridir.

G‘oliblar tanlovning shahar bosqichida ishtirok etadi.