Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi o‘zbek tili fani o‘qituvchilari aniqlandi
12:23 / 2023-10-20

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Namangan viloyati Kengashida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tili fanini o‘qitishda ilg‘or metodlarni targ‘ib qilish va ommalashtirish, bu yo‘nalishda o‘quvchi-yoshlarga chuqur bilim berayotgan faol, izlanuvchan o‘qituvchilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning quyi bosqichiga Namangan viloyati shahar-tumanlaridan 1 ming 237 nafar ishtirokchi qamrab olindi. Ular orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 21 nafar o‘zbek tili fani o‘qituvchisi viloyat bosqichida bellashgan bo‘lsa, belgilangan shartlarga ko‘ra ishtirokchilarning 2 nafari mutlaq g‘olib deb topilib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

G‘olib hamda faol ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

[gallery-14115]

O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar