Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ va Kasaba uyushmasi kengashi tashabbusi bilan ishchi-xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi hamda intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida kombinat bo‘linmalari va korxonalarida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi va g‘oliblar taqdirlandi.
Tanlovning saralash bosqichi 2025-yilning avgust-dekabr oylari davomida uch bosqichda tashkil etildi.

Kombinat bo‘linmalarida kasaba uyushmasi vakillari, ma’naviyat targ‘ibotchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan ishchi-xodimlarga o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlaridan namunalar taqdim etildi.
“Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasida bo‘lib o‘tgan yakuniy bosqichda saralash bosqichlarida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 60 nafarga yaqin ishchi-xodim o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.



Yakunda Markaziy kon boshqarmasi 2-gidrometallurgiya zavodi chilangari Sherbek Shaymatov faxrli 1-o‘rinni egalladi. “Qizilqum” kon boshqarmasi xodimi Mavluda Tosheva 2-o‘ringa, Shimoliy kon boshqarmasi 3-gidrometallurgiya zavodi chilangari Zavqiddin Imomov esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar “NKMK”AJ Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
A. Bo‘riyev, O‘zA muxbiri