Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi kitobxonlar aniqlandi
12:11 / 2025-06-20

Sirdaryo viloyati bolalar kutubxonasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ta’lim muassasalarida ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan “Eng yaxshi kitobxon – ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda tuman va shaharlardagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Ular nafaqat adabiyot va ma’naviyat sohasidagi bilimlarini, balki maktabda kitobxonlik muhitini yaratishdagi tashkiliy yechim va ilg‘or usullarini ham taqdim etdi.

[gallery-23977]

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa Guliston shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z. Rahmonova sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni Mirzaobod tumanidagi 21-sonli umumta’lim maktabining direktor o‘rinbosari L. Soatova, 3-o‘rinni Yangiyer shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabining direktor o‘rinbosari A. O‘ljaboyeva egalladi.

G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlovni kuzatib, bir fikr aniqlashadi. Ustoz kitob o‘qisa, shogird ham o‘qiydi. Shuning uchun bu kabi tadbirlar nafaqat baholash, balki tajriba almashish, ilg‘or yo‘llar va g‘oyalarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

G‘ulom Primov,  

O‘zA muxbiri