Eng yaxshi kitobxonlar aniqlandi
Navoiy viloyatida Ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish hamda faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Buyuk mutafakkir va adib” shartlari bo‘yicha bellashdi.

Murosasiz kechgan bahslarda 1-o‘ringa Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi tergovchisi Feruza Sultonova loyiq deb topildi. Endi u joriy yilning 27-28-fevral kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar II Respublika forumi doirasida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik-tanlovida ishtirok etadi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA