Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Eng yaxshi kitob dizayneri» tanlovi g‘oliblari aniqlandi
16:21 / 2021-06-18

«SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda «Eng yaxshi kitob dizayneri» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

«Yoshlar oyligi» doirasida tashkil etilgan tadbirda 2 yillik ish tajribasiga ega, soha yo‘nalishida muayyan natijalarga erishgan, faol va tashabbuskor yoshlar o‘zlarining «Mening g‘oyam» mavzuidagi loyihalari bilan ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirokchilar kitoblarning mazmun-mohiyati va ssenariysi bo‘yicha o‘z g‘oya hamda xohishlariga ko‘ra dizaynlashtirgan turli xil mavzudagi ishlari bilan qatnashdi.

Yakunda 1-o‘ringa kompaniyaning bosh tahririyati dizayneri Nilufar To‘ychixonova sazovor bo‘ldi. 2-o‘rinni gazeta majmuasi – chop etish sexi qolip tayyorlash bo‘linmasi masteri Sultonbek Qayumov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin bosh tahririyat EHM operatori Diyora O‘tkirbekovaga nasib qildi.

Tanlov g‘oliblariga kompaniya tomonidan chop etilgan eng sara kitoblar to‘plami topshirildi.

 

Gulnoza Bobova,  O‘zA