Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi innovatsion loyihalar tanlandi
15:35 / 2025-09-08

Samarqand davlat universiteti Biokimyo institutida “InnoWeek.Uz – 2025” haftaligining Samarqand viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona–oliy ta’lim muassasasi–ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish maqsadida tashkil etilgan haftalik doirasida bir qator tadbirlar uyushtirildi.  

Jumladan, viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlarining 200 dan ortiq innovatsion mahsulotlari va ular tomonidan yaratilgan ilg‘or ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan 100 ga yaqin yangi mahsulot namunalari ham namoyish etildi. Urgut va Nurobod innovatsion tumanlaridan tadbirkorlik sub’ektlari ham o‘z mahsulot va xizmatlarini taklif etdi hamda oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlanmalari bilan tanishdi.

Viloyatdagi 50 dan ortiq yoshlarning startap loyihalari taqdimotida Innovatsion rivojlanish agentligi mas’ullari tomonidan startap loyihalarini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, loyihalarga investitsiyalar jalb qilish yoki venchur fondlar tomonidan rag‘batlantirish yuzasidan tushunchalar berildi.  

Festival yakunida istiqbolli deb topilgan loyihalar Samarqand yoshlar texnoparkida tashkil etilgan “InnoX” biznes akseleratsiya dasturiga jalb etildi hamda “InnoWeek.Uz – 2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga tavsiya qilindi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri