Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi informatika fani o‘qituvchilari taqdirlandi
13:05 / 2022-10-03

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park tomonidan “Bir million dasturchi” dasturi doirasida sertifikatsiyadan o‘tgan eng ko‘p o‘quvchiga ega 100 nafar o‘qituvchilar 5 million 400 ming co‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Ular orasida Buxoro shahridagi 28-maktab o‘qituvchisi Zarina Umarova, 31-maktab o‘qituvchisi Sitora Sharipova, G‘ijduvon tumanidagi 29-maktab o‘qituvchisi Zuhra Adizovalar ham bor.

Bayram munosabati bilan mukofotlar o‘z egalariga tantanali topshirildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alijon Yaxshiyev qatnashdi. Taqdirlangan o‘qituvchilarning samarali mehnati o‘quvchilarni dasturlash sohasiga qiziqtirish, kelajakda malakali IT mutaxassislar yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 oktyabrdagi PQ-4851-sonli “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish belgilangan.

Zarif Komilov, O‘zA