Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi ijtimoiy rolik”, “Eng yaxshi she’r ijrosi” va “Eng yaxshi fotosuratlar” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
21:40 / 2022-04-13

13 aprel kuni Toshkentdagi Milliy matbuot markazida “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida “Eng yaxshi ijtimoiy rolik”, “Eng yaxshi she’r ijrosi” (videomaterial shaklida) hamda “Eng yaxshi fotosuratlar” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tashkilotlar vakillari, g‘oliblar, bir guruh yoshlar, jumladan, ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Anjumanda mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi “2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etilgani qayd etildi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolari qatnashgan tanlovda taqdim etilgan ijodiy ishlar @Navruz2022_tanlov_bot telegram-boti orqali 2022 yil 25 martgacha qabul qilingan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tanlovda 715 nafar kishi qatnashgan bo‘lib, “Eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominatsiyasi bo‘yicha 265 nafar ishtirokchidan 310 ta, “Eng yaxshi she’r ijrosi” (videomaterial shaklida) nominatsiyasi bo‘yicha 153 nafar ishtirokchidan 188 ta, “Eng yaxshi fotosuratlar” nominatsiyasi bo‘yicha 297 nafar ishtirokchidan 2500 ta, jami 2998 ta ijodiy ish kelib tushgan.

Taqdim etilgan har bir material hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan mavzuning dolzarbligi, Navro‘z – umumxalq bayramining ijtimoiy ahamiyati, mamlakatimizda “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oya asosida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar ochib berilganiga qarab baholangan.

Kelib tushgan ishlar tanlov shartlarida belgilangan talablar asosida, ya’ni ijtimoiy rolik va she’r ijrolari 3-5 daqiqadan oshmasligi, FullHD (1920x1080) formatida bo‘lishi, fotosuratlar 5 tadan kam bo‘lmasligi, 4Mp (2272x1704)dan katta bo‘lishi lozimligi yuzasidan ko‘rib chiqildi va umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ijodiy ishlarning 2485 tasi mazkur talablarga javob bermasligi aniqlandi.

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominatsiyasi bo‘yicha kelib tushgan 310 ta ijtimoiy rolikdan 43 tasi, “Eng yaxshi she’r ijrosi” (videomaterial shaklida) nominatsiyasi bo‘yicha yuborilgan 188 ta ijodiy ishdan 34 tasi, “Eng yaxshi fotosuratlar” nominatsiyasi bo‘yicha 2500 ta fotosuratdan 436 tasi yuqoridagi talablarga javob berishi ma’lum bo‘ldi. Tanlov g‘oliblariga belgilangan miqdordagi pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zA