Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng yaxshi biznes loyihalar imtiyozli tarzda moliyalashtiriladi
13:49 / 2024-08-09

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qilgan edi.

Ko‘rik-tanlovning  Buxoro viloyati xududiy bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Viloyat bo‘yicha “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichiga loyiha tashabbuskorlaridan 35 ta ariza kelib tushdi.  

Tanlovga kelib tushgan loyihalarni  baholashda mahallarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi.

Hududiy bosqich yakunlariga ko‘ra, “Clean Billur” MCHJ birinchi, “Stella Stroy Servis” MCHJ ikkinchi, “Asilbek Asadbek Lak Servis” MCHJ uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Tadbirda ko‘rik-tanlov xududiy bosqichining g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Tanlovning respublika bosqichida eng yaxshi deb topilgan biznes loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy etilgan tartib asosida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladi.

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri