Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Eng ulug‘, eng aziz": Namanganda faol ijodkorlar taqdirlandi
21:56 / 2021-08-28

Namangan shahrida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan ushbu tanlovda viloyatdagi yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, tasviriy va kino san’ati vakillari, foto va dizayn ustalari tomonidan oltita yo‘nalish bo‘yicha taqdim qilingan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oyasi, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi, mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan zalvorli yutuqlar va ulkan islohotlar mohiyatini, milliy o‘zlikni anglash, xalqimizning milliy qadriyat va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan 50ga yaqin ijodiy ish ko‘rib chiqildi.  

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi mutaxassislari, tajribali ekspertlardan jamlangan hakamlar hay’ati ijodiy ishlardan 18 tasini faxrli o‘rinlarga, 6 nafar ishtirokchining ijodiy ishlari esa rag‘batlantiruvchi mukofotga loyiq ko‘rildi.

[gallery-3641]

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, jurnalistlarning ijodiy ishlari yo‘nalishida “Shifokor va hayot” gazetasi bosh muharriri Abdullajon G‘oziyev, adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha “Yozuvchining muxlislari” asari uchun O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Ibrohim Mahkamov, teleradio yo‘nalishida tahliliy lavhalari uchun Namangan viloyati teleradiokompaniyasi muxbiri Ilhomjon Rahmatov, internet jurnalistikasi bo‘yicha “Daryo.uz” sayti muxbiri Azizbek Abduvaliyev, tasviriy san’at, foto va dizayn yo‘nalishida Namangan davlat universiteti magistranti, yosh rassom Boburjon Nabiyev, kino san’ati asarlari yo‘nalishi bo‘yicha “Uch o‘git” badiiy filmi uchun “Baxt media” studiyasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA