Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
16:27 / 2024-08-13

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyati bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning ushbu bosqichida viloyatda faoliyat olib borayotgan yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, kino va tasviriy san’at namoyandalari, foto va dizayn ustalari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlari bilan qatnashdi.

Tanlov O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, madaniyat boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Badiiy akademiya viloyat bo‘limi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyati bo‘limi, viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi raisi v.b Shamshod Ochilov va boshqalar mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, adabiyot, san’at va madaniyatga qaratilgan e’tibor, shu yo‘nalishda tashkil etilgan tanlovlarning ahamiyati, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli loyihalarning tadbiq etilayotganligi, buning natijasida ko‘plab iste’dod egalarining kashf etib borilayotganligi to‘g‘risida gapirdi. Shundan so‘ng ko‘rik-tanlovning 7 yo‘nalishi bo‘yicha ellikdan ortiq ijodkor ijodiy ishlari bilan qatnashdi. Shundan o‘ttiz nafari g‘olib va sovrindorga aylandi. 

 [gallery-18702]

–Jumladan, yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, jurnalistlarning publitsistik nashrlari nominatsiyasi bo‘yicha 6 nafar ijodkor g‘oliblar safidan o‘rin egalladi, –deydi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi raisi v.b Shamshod Ochilov. –Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining ijodiy ishlari nominatsiyasida 3 nafar ijodkorning ijodiy ishlari e’tirof etildi. –Internet-jurnalistika nominatsiyasida  3 nafar ijodkor g‘olib bo‘ldi. Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari nominatsiyasi bo‘yicha viloyat teleradiokompaniyasining 6 nafar xodimi, tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari nominatsiyasida bo‘yicha 3 nafar ijodkor  tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Tanlov g‘oliblariga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari