Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ulug‘ bayramimiz arafasida 4 milliard dollarlik 79 ta yirik ob’ekt ishga tushirildi
19:12 / 2025-08-29

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

–Xalqimizning ko‘z o‘ngida minglab zamonaviy korxonalar, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma ob’ektlari qad rostlamoqda.

E’tibor bering, bu yil jami 35 milliard dollar investitsiya evaziga 9 mingga yaqin yangi korxona, xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etiladi.

Eng ulug‘ bayramimiz arafasida 4 milliard dollarlik 79 ta yirik ob’ekt ishga tushirildi.

O‘tgan davrda birgina kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Bugun ushbu tarmoqda 10 milliondan ortiq aholimiz mehnat qilib, daromad topmoqda.

Biz yil boshida 5,5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha katta marra olgan edik. Sakkiz oydayoq 5 millionlik rejani uddaladik.

Eng muhimi, islohotlarimizga ishonib, shu yilning o‘zida chetda ishlayotgan 700 ming fuqaromiz yurtimizga, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi, – dedi Prezidentimiz.

O‘zA