Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng ulugʻ ayyom arafasida Toshkent viloyati aholisiga keng qulayliklar yaratilmoqda
17:15 / 2020-08-31

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Xoliqberdi” mahalla fuqarolar yigʻinida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti qad rostladi.


Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Xoliqberdi” mahalla fuqarolar yigʻinida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti qad rostladi.

Eng ulugʻ, eng aziz bayram - davlatimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida qurilishi yakunlangan ushbu maktabgacha taʼlim muassasasi qishloq bolalari uchun munosib bayram sovgʻasi boʻldi. Zamonaviy koʻrinish, keng, yorugʻ, shinam xonalar, barcha qulayliklarga ega bogʻcha qishloqning 120 nafar farzandini bagʻriga oladi. Barcha xonalar karantin talablari asosida jihozlangan boʻlib, bolalarga tajribali murabbiylar taʼlim-tarbiya beradi.

Shuningdek, bayram arafasida Angren shahridagi ikkita mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Xususan, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan hudud aholisiga qulaylik yaratish boʻyicha zarur choralar koʻrilib, tizimda yangi sifat bosqichiga oʻtilmoqda. Shu maqsadida “Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Angren shahar boʻlim xodimlari bilan hamkorlikda yangi zamonaviy suv tozalash (filtr) moslamasi oʻrnatildi. Hozir ushbu moslama Angren shahridagi “Yangiobod” va “Dukent” mahalla fuqarolar yigʻinlari aholisiga foydalanish uchun topshirildi.

Ushbu moslama hajmi 60 kub metr boʻlib, u tashqaridan kirgan har qanday darajadagi suvni tozalaydi va ichimlik suvini filtrlab beradi, oʻz navbatida, loyqa suvni chiqarib tashlaydi. Shu tariqa toza ichimlik suvi aholiga yetkaziladi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini 2020-2021 oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha Oʻrta Chirchiq tumanida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mustaqillik bayrami arafasida viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi tashabbusi bilan “Bright future” MCHJ tomonidan 72-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy oʻrta taʼlim maktabida tumandagi 25 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oila farzandlariga oʻquv qurollari jamlanmasi hamda shirinliklar sovgʻa qilindi.

Ularning oilalari holidan xabar olindi.

photo_2020-08-31_17-13-15.jpg

photo_2020-08-31_17-13-17.jpg