English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng sara kartingchilar aniqlandi
17:11 / 2019-09-07

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazining 2019-yilgi taqvim rejasiga asosan karting boʻyicha hududiy chempionat oʻtkazildi.

Urganch tumanidagi Cholish qoʻrgʻonida joylashgan oʻquv-mashq maydonida oʻtkazilgan mazkur musobaqada viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi, Hazorasp avtomobil maktabi va tumanlar oʻquv sport-texnika klublarining sportchilari dvigatel sigʻimi

61.5 sm/kub, 125 sm/kub va 250 sm/kub boʻlgan karting poygalarida gʻoliblik uchun oʻzaro bahslashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, dvigatel sigʻimi 61.5 va 250 sm/kub boʻlgan karting poygalarida Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi aʼzolari Azizbek Avezmetov va Yevgeniy Jumaniyozovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Xonqa tumani kartingchisi Javohir Otaniyozov esa 125 sm/kub boʻlgan karting musobaqasida shohsupaning birinchi pogʻonasiga koʻtarildi.

Endilikda eng yaxshi koʻrsatkichga erishgan xorazmlik kartingchilar joriy yilning 20-22-sentyabr kunlari Buxoro viloyati Gʻijduvon shahrida tashkil etiladigan Oʻzbekiston chempionatida bahs yuritishadi.