Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng qimmat qo‘y go‘shti Termiz shahar markaziy dehqon bozorida
17:40 / 2019-04-22

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. 

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq 
Xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil21 aprel holatidagi narxlari


Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha 


Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqanddagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farxod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin. 

Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 38 000 dan 42 000 so‘mgacha. 

Tovuq go‘shti
13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 13000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagitovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 21 000 so‘m.


Guruch
3 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozoridakuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i
7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha 

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farxod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narxham poyxtaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha.

Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha 

Eng arzonun Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha. 

Shakar
4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha 

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m. 

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Termiz shahri markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500so‘m. 

Tuxum
350 so‘mdan – 700 so‘mgacha 

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka
1 200 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha 

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farxod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha. 

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Qarshi shahridagi "Yerqo‘rg‘on" dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 3 500 so‘mgacha. 

Pomidor 
3 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Qarshi shahridagi "Yerqo‘rg‘on" dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 so‘mdan - 8 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 – 17 000 so‘mgacha. 

Xo‘jalik sovuni
1 000 so‘mdan – 3500 so‘mgacha

Eng arzon narxJizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 000 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 1 500 – 3 500 so‘mgacha.