Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng olis hududlarga ham suyultirilgan gaz tarqatilmoqda
18:34 / 2022-01-17

Nurota tumani Navoiy viloyati markazidan olisda joylashgan hudud bo‘lib, hozirda 25 ta mahallaga 17 ming 925 ta maishiy gaz ballon orqali suyultirilgan gaz tarqatilmoqda.

Tumanda iste’molchilar soni ko‘pligi bois gaz ballonlarni tarqatish uchun 5 ta transport vositasi ajratilgan. 2022 yilning ayni vaqtiga qadar aholi ehtiyoji uchun 74 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi. “Temirqovuq”, “Sentob”, “Kattasoy”, “Suvliq”, “Orasoy”, “Avazsoy”, “Qadoq”, “Bo‘ston”, “Qizilcha” va “Yangiturmush” mahallalari tuman markazidan 40-120 kilomter uzoqlikda joylashgan. Har qanday ob-havo va sharoitda ushbu hududlarga reja-grafikka asosan belgilangan muddatlarda gaz ballon olib boriladi.

– Bizning mahallamiz “Qadoq” mahallasidan yaqinda ajralib chiqib, 6 ta qishloqdan iborat, – deydi “Bo‘ston” MFY raisi Eshmuhammad Safoyev. – Mahallamiz tumanning eng chekka hududi sanalib, tuman markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. 31 ta oilada 2780 nafar kishi istiqomat qiladi. Aholimizga asosan suyultirilgan gaz ballonlarda keltiriladi. Hozircha gaz balloni o‘z vaqtida keltirilib, oldindan shakllantirilgan ro‘yxat asosida tarqatilmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda tumanda iste’molchilar 94 nafarga ko‘paygan. Ular bilan yangi shartnoma imzolangan. Barcha iste’molchilarga gaz ballon tarqatilayotgan vaqtda xonadonida bo‘lishi va xarid uchun taqdim qilingan kartasida mablag‘ shakllantirishi kerakligi, naqd pulda hisob-kitob qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi tushuntirilmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA