French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng namunali yoshlar yetakchilari pul mukofoti bilan taqdirlandi
15:30 / 2025-12-23

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan faol yoshlar yetakchilari o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, ilg‘or tajribalari va tashabbuslarini namoyish etdi.

Tanlov yoshlar yetakchilari faoliyatini har tomonlama sarhisob qilish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, eng faol va tashabbuskor yetakchilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, hamkor tashkilotlar vakillari hamda mahallalardagi eng faol yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Respublika bosqichida yuqori natija qayd etgan yoshlar yetakchilari  pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA