Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eng namunali maktab sardorlar kengashi” tanlovining mamlakat bosqichi boʻlib oʻtdi
20:46 / 2019-04-13

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan Namangan shahrida oʻtkazilgan tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa ishtirok etdi


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan Namangan shahrida oʻtkazilgan tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa ishtirok etdi. 

Mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim muassasalaridagi sardorlar kengashi oʻz atrofiga 3,5 milliondan ziyod oʻquvchini birlashtirgan. Bu jamoatchilik tuzilmalarining asosiy faoliyati oʻquvchilar manfaatini himoya qilish, ularni milliy gʻoya, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, yoshlar ongida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, ijtimoiy daxldorlikni oshirishga qaratilgan koʻplab yoʻnalishlarni qamrab olgan. 

Ishtirokchilar sardorlar kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni badiiy chiqishlar orqali tanishtirdi. Shuningdek, jamoalar bugungi kunda bolalar oʻrtasida dolzarb boʻlgan muammolar yechimi boʻyicha yangi loyihalarini sahnada koʻrgazmali vositalar orqali himoya qildi. Ayni paytda tanlovda jamoa aʼzolarining ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda sardorlar kengashi faoliyati yuzasidan bilimlari ham sinovdan oʻtkazildi. 

6.jpg

Qizgʻin bahs-munozaralarga boy oʻtgan bellashuvlar natijasiga koʻra, Namangan viloyati Pop tumanining maktabining “Samodagi sardorlar” va Toshkent shahrining “Innovatorlar” jamoalari birinchilikni qoʻlga kiritdi. 

Ikkinchi oʻrin Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanining “Oʻzbekiston yoshlari” jamoasiga hamda uchinchi oʻrin Xorazm viloyati Xiva shahrining “Dunyo” jamoasiga nasib etdi. 

– Tumanimizda 71 ta umumtaʼlim maktabi boʻlib, ularda Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilotining sardorlar kengashi faoliyat koʻrsatmoqda, – deydi Yoshlar ittifoq Pop tuman kengashining “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi U.Haydarov. – Biz ularga oʻzlari boshqarayotgan “Yoshlar ittifoqi sardori”, “Kamalak” sardori”, “Ijtimoiy himoya”, “Oʻquv” kabi boʻlimlar, “Isteʼdodli yoshlar”, “Yetakchi”, “Mehr-shafqat” klublariga uslubiy yordam koʻrsatib, maqsadli dastur va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashmoqdamiz. Ilgʻor ish tajriba va yutuqlarini ommalashtirish doimiy eʼtiborimizda. Bular yoshlar faolligini oshirish, ularda ishchanlik va tashabbuskorlik qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu tanlov biz uchun bu boradagi faoliyatimiz boʻyicha jiddiy imtihon boʻlishi bilan birgalikda, oʻziga xos maktab vazifasini ham oʻtadi. Unga tayyorgarlik jarayonida sardorlarimiz eʼtibordan chetda qolayotgan koʻp jihatlarga doir bilimlarini mustahkamlab oldi. 

Gʻolib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 

10.jpg

11.jpg

12.jpg

13.jpg

15.jpg