English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng namunali bolalar oromgohi
12:04 / 2025-09-13

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “NKMK” Kasaba uyushmasi Kengashi va “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tomonidan 2025 yilda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining yakunlari bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Joriy yilning yoz mavsumida 11 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 4 ta navbatda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamg‘armasi” DM ishchi-xodimlarining 12 ming nafardan ortiq farzandlari dam oldi.

Mavsum yakunlari bo‘yicha “Eng namunali sog‘lomlashtirish oromgohi” ko‘rik-tanlovida “Zarafshon” oromgohi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, kubok sohibiga aylangan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” oromgohi 1-, “Sarmish” oromgohi 2- va “Kelajak” oromgohi 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, turli nominatsiyalarda e’tirof etilgan oromgohlar vakillariga tashkilotchilarning diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri