English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng munosiblar mamlakat bosqichida
17:09 / 2016-03-18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida Guliston tumanidagi “Barlos” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi raisi Alijon Haydarov “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2016” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichida Guliston tumanidagi “Barlos” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi raisi Alijon Haydarov “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi.

– Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish, jumladan, fermerlik harakatini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda, – deydi A.Haydarov. – Xo‘jaligimiz 120 gektar yerda dehqonchilik qiladi. Paxta va g‘alladan tashqari, chorvachilik va bog‘dorchilik ham tashkil etganmiz. 40 dan ortiq ishchi mehnat qilayotgan xo‘jaligimizda 65 bosh qoramol, 35 bosh ot, 3 bosh tuya boqilmoqda. Qishloq xo‘jaligida yangi agrotexnologiyalarni qo‘llab, poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ydik. O‘tgan yili 16,5 tonna sut, 8 tonna meva, 12 tonna poliz mahsulotlari, 23 tonna mosh, 20 tonna sabzavot yetishtirildi. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.

Tanlovda gulistonlik Ro‘zijon Mirzaqulov “Eng yaxshi hunarmand”, Yangiyer shahridagi “Omad teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Farhod Azizov “Eng yaxshi tadbirkor” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Tanlovda tajribali tadbirkor, fermer va hunarmandlar qatorida yosh ishbilarmonlar ham ishtirok etdi. Jumladan, gulistonlik yosh hunarmand Shahrizoda Mamatxonovaning teridan ishlangan miniatyura asarlari, Mirzaobod tumanidan Ra’no Boymurodovaning milliy qo‘g‘irchoqlari, yangiyerlik Sohiba G‘afforovaning oq surp, paxta va tuxumdan yasalgan buyumlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi O.Ashurmatov so‘zga chiqdi.