Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng munosiblar g‘olib bo‘ldi
20:44 / 2023-06-01

Buxoroda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan aholi hamda yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 200 nafarga yaqin ishtirokchilar o‘zaro bahslashdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan “aql jangida” eng yaxshilar saralab olindi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov, sektorlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari qatnashdi.  

Tadbirda barkamol avlodni tarbiyalash, sport turlari, xususan, shaxmatga berilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida o‘zbekistonlik shaxmat ustalarining xalqaro maydonda yuksak marralarni zabt etayotganini ta’kidlandi. Jismoniy mukammallik uchun sport qanchalik muhim bo‘lsa, aqliy salohiyat uchun shaxmat shunchalik zarurligi qayd etildi.

[gallery-12174]

– Sportning shaxmat turi bo‘yicha imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida o‘tkazilgan Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasida ishtirok etgan 200 nafarga yaqin yoshlar orasidan faxrli ikkinchi o‘rinni egallab diplom, medal hamda noutbuk bilan taqdirlandim, – deydi Olot tumani Arabxona mahallasining iqtidorli yoshi Laziz Ro‘ziqulov. –Bundan boshim ko‘kka yetdi. Juda ham xursandman. Davlatimiz tomonidan biz, yoshlarga berilayotgan imkoniyat dunyoning bironta davlatida yo‘q. Buning uchun Yurtboshimga rahmat aytaman. O‘z ustimda ishlab musobaqalarda faol ishtirok etaman.    

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA