English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng munosiblar g‘olib bo‘ldi
14:33 / 2023-06-01

Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” sport saroyida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, viloyat hokimligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi hamkorligida Ibodulla Rahmonov xotirasiga bag‘ishlangan yunon-rum kurashi bo‘yicha II an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Ibodulla Rahmonov 1955 yilning 17 iyun sanasida Navoiy shahrida tug‘ilgan. U yunon-rum kurashi bo‘yicha Navoiy shahridan yetishib chiqqan birinchi sport ustasi bo‘lib, 40 yildan ortiq vaqt davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ibodulla Rahmonov mehnat faoliyatini 1977 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmasi huzuridagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy sifatida boshlab, keyinchalik bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori, Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.  

[gallery-12158]

I.Rahmonov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi”, shuningdek, “Xalq maorifi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Xalqaro turnirda 2005-2007 yillarda tug‘ilgan 150 nafar o‘smir 10 ta vazn (45, 48, 51, 55, 60, 65, 71, 80, 92, 110 kg) toifasida o‘zaro bellashdi. Musobaqada Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari, shuningdek, yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan yunon-rum kurashchilari ishtirok etdi. Musobaqa so‘ngida barcha vazn toifasida g‘oliblar munosib taqdirlandi. Shuningdek, sport tadbirida ishtirokchilar “Yunon-rum kurashini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”, “Eng faol tashkilotchi”, “Eng faol hakam”, “Eng chiroyli g‘alaba”, “Eng jonkuyar murabbiy” hamda “Eng ahil jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha ham rag‘batlantirildi.  

A.Bo‘riyev,  

S.Aslonov (surat), O‘zA