“Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 31 yilligi munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha “Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Ichki ishlar organlari tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, ular o‘rtasida sport turlarini yanada ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining barcha tarkibiy tuzilmalari hamda hududiy bo‘limlaridan jami 16 ta jamoada 160 nafar xodimlar ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda 1-o‘rinni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi, 2-o‘rinni Konimex tumani IIB jamoasi va 3-o‘rinni Qiziltepa tumani IIB jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga viloyat IIB boshlig‘ining kubogi topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA