Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng munosiblar g‘olib bo‘ldi
20:13 / 2022-10-15

Navoiy viloyatida “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng namunali ish beruvchi ayol” , “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” tanlovlarining Navoiy viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Tanlovlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etishda samarali mehnatlari bilan barchaga namuna ko‘rsatgan mas’ullarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Viloyatda “Ayollar daftari”ning uchinchi bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilgan ishlar natijasida 19 ming 957 nafar xotin-qizga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar diplom, sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

 A.Bo‘riyev, O‘zA