Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng mohir ovchilar aniqlandi
16:52 / 2023-08-07

FOTOREPORTAJ

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug “Termiz” dala-o‘quv maydonida “Kalibr” klubining Surxondaryo viloyati miqyosida “Eng mohir ovchi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubi O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan ta’sis etilib, “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi qoshida tashkil etilgan. Klubning asosiy maqsadi ov va uzoq masofalarga o‘q otish sporti havaskorlari, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda respublika hududida uzoq masofalarga o‘q otishni ommalashtirish hisoblanadi.  

[gallery-13043]

Ovchilar musobaqada avtomat va merganlik miltig‘idan turli masofalardagi nishonlarni yo‘q qilish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Yakunda yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA