Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eng maqbul yo‘l – o‘z vaqtida to‘lab borish
18:01 / 2014-08-04

Jizzax viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, foydalanilgan tabiiy gaz va elektr energiyasidan debitor va kreditor qarzdorlikni kamaytirish, tabiiy gazning uzluksizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Jizzax viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, foydalanilgan tabiiy gaz va elektr energiyasidan debitor va kreditor qarzdorlikni kamaytirish, tabiiy gazning uzluksizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyatda aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi hududiy boshqarmasi tomonidan 45 kilometr gaz quvurlari ta’mirlanib, 22,9 kilometri yangilandi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida tabiiy gazning uzluksizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Ayni paytda barcha tumanlarda gaz, elektr, suv ta’minoti korxonalari hamda jaoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlari tuzilib, kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

– Aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilarning gaz asboblarini texnik va proflaktik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda, – deydi “Paxtakortumangaz” korxonasi rahbari X.Esirgapov. – Bu ishda o‘tgan yili gaz ta’minotida uzilish bo‘lgan, isitishda muammolar yuzaga kelgan tarmoqlarga alohida e’tibor qaratilayotir. Jumladan, tuman markazi va “Chamanzor” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 700 metr gaz tarmog‘i to‘liq ta’mirlanib, mavsumga shay qilib qo‘yildi. O‘rta bosimli gaz quvurlari tozalanib, sinovdan o‘tkazildi.

Ayni paytda tumangaz, tuman elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan iste’molchilarni elektron hisoblash uskunalari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotir.

– Qarzdor bo‘lmaslikning eng maqbul yo‘li foydalanilgan tabiiy resurslar haqini o‘z vaqtida to‘lab borishdir, – deydi Paxtakor tumanidagi Suvonobod mahallasida yashovchi Xolmo‘min Mirzaqobilov. – Avvalo, gaz, elektr energiyasi, suv kabi ne’matlardan ro‘zg‘orda tejamkorlik bilan foydalanish kerak. Kommunal to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi nafaqat soha rivoji va aholiga namunali xizmat ko‘rsatish, balki, turmushimiz farovonligiga xizmat qiladi.